00:01 / 22.03.2020
6 732

48 soat navbatchilikda turgan hamshira do‘konda bo‘sh peshtaxtalarga duch kelgach, yig‘lab yubordi (video)

48 soat navbatchilikda turgan hamshira do‘konda bo‘sh peshtaxtalarga duch kelgach, yig‘lab yubordi (video)
Kadr: Facebook
Angliyaning York shahridan bo‘lgan hamshira 48 soat shifoxonada ishlagani sabab koronavirus pandemiyasi oqibatida do‘konlarning bo‘shab qolgan peshtaxtalaridan o‘ziga kerakli mahsulotlarni topa olmadi, deb xabar beradi Daily Mail'ga tayanib Daryo.

51 yoshli Doun Bilbrou uzoq vaqt davom etgan navbatchilikdan so‘ng, dam olish kunlari uchun oziq-ovqat xarid qilish maqsadida mahalliy do‘konlarga kirgan. Biroq koronavirus sabab tovarlarga bo‘lgan talabning ortib ketgani bois u o‘ziga kerakli mahsulotlarni topa olmagan. Ayolning qayd etishicha, meva va sabzavotlar bo‘limi mutlaqo bo‘m-bo‘sh bo‘lgan.

«Odamlar peshtaxtalardan asosiy mahsulotlarni olib ketmoqda. Bunday qilishni to‘xtating. Bo‘lmasa, sizlarni oyoqqa turg‘izishga urinayotgan men kabilar ovqatsiz qolyapti. Iltimos, to‘xtanglar», — deb yig‘lab yubordi hamshira. Bilbrou o‘zining videomurojaatini Facebook’dagi sahifasiga joylagan. Rolik e’lon qilingach, u do‘stlari va qarindoshlaridan ko‘plab qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini eshitgan.

Tarmoq foydalanuvchilaridan biri Bilbrouga hamdardlik bildirib, o‘z mahsulotlari bilan bo‘lishishga tayyorligini aytgan: «Doun, iltimos yig‘lama! Men izolyatsiyadaman. Bir qop kartoshka va sabzim, shuningdek, tarvuzim bor. Men bularning barchasini uyimning burchagida qoldirishim mumkin. Iltimos, yig‘lama».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 48 soat navbatchilikda turgan hamshira do‘konda bo‘sh peshtaxtalarga duch kelgach, yig‘lab yubordi (video)