Foto: iLikeEdit
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich masofa saqlash koronavirusdan niqobga qaraganda yaxshiroq himoya qilishini aytdi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Uning fikricha, boshqa himoya usullariga amal qilinmasa, tibbiy niqob taqish befoyda.
«Agar sog‘ odam bemor bilan bir xonada bo‘lmasa, unga tibbiy niqob shart emas. Agar odamlar orasida bo‘lsa, u holda taqish lozim. Biroq jismoniy masofa saqlash niqobdan ham yaxshiroq himoya qiladi», — degan u «Rossiya 1» telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, niqobning o‘zi koronavirusdan to‘liq himoya qilmaydi. Agar masofa saqlanmasa, qo‘llar yuvilmasa, odam niqob taqsa ham, «kasallanishi aniq». Melita Vuynovich niqob o‘z-o‘zidan zararli emasligi, ammo odamlar uni deb xatti-harkatlarini o‘zgartirishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, niqoblarni 2 soat foydalangandan so‘ng qaytib taqmaslikka chaqirgan.
Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus ham tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozimligini, niqob taqqan odamlarda himoyalanganlikning yolg‘on hissi paydo bo‘lib, qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishi mumkinligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi