10:45 / 19.04.2020
2 203

Rossiyadagi xorijliklar hujjatlarining amal qilish muddatlari qanday uzaytiriladi?

Rossiyadagi xorijliklar hujjatlarining amal qilish muddatlari qanday uzaytiriladi?
Foto: RIA Novosti
Rossiya hukumati mamlakat hududidagi xorijliklarning Rossiyada istiqomat qilishlariga ruxsat beruvchi hujjatlari va vizalarining amal qilish muddatini joriy yil 15 iyunga qadar uzaytiradi.

RF prezidentining 2020 yil 18 apreldagi farmoniga ko‘ra, Rossiyaga viza va vizasiz tartibda kirib kelgan xorijiy fuqarolarning vaqtinchalik bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash muddati 2020 yil 15 martdan 15 iyunga qadar avtomatik ravishda uzaytiriladi. Bundan tashqari, xorijiy fuqarolarning kelgan joyi yoxud yashash joy bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yilganlik muddatiga ham tatbiq etiladi.

«Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan va hujjatlarining amal qilishi muddati ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida o‘tadigan barcha xorijiy fuqarolar hujjatlari avtomatik ravishda uzaytiriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga: vizalar, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, migratsiya kartalari kiradi» - deya xabar qilmoqda TASS agentligi Rossiya IIV axborot xizmatiga tayangan holda.

IIVda qo‘shimcha qilishlaricha, qochqin maqomidagi fuqaro guvohnomasi, RF hududida qochqin maqomini olishga doir hujjatlar topshirilgani to‘g‘risidagi shahodatnoma, vaqtinchalik boshpana berish to‘g‘risidagi shahodatnoma, vatandoshlarni ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturi ishtirokchisining guvohnomasi, ishlash uchun ruxsatnoma, patentlar, xorijiy ishchilarni yollash va ularning xizmatidan foydalanish uchun ruxsatnomalar muddati ham shular jumlasidan.

Ichki ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, bunday qaror qabul qilinishiga aksar xorijiy davlatlar o‘z chegaralarini yopgani va xalqaro transport qatnovini to‘xtatgani sabab bo‘lgan. Buning ortidan Rossiyada bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning vatanlariga qaytish imkoniyati yo‘qqa chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi xorijliklar hujjatlarining amal qilish muddatlari qanday uzaytiriladi?