
Otaturk inqilobidan so‘ng Usmoniylar oilasini uy kiyimlarida Yevropaga surgun qilishdi.
Sultonning farzandlari, xotini yolvorishdi:
- Bizga Shom, Iordaniya yoki Misrga ketishga izn bering. Bizni Yevropaga jo‘natmang!
Ammo G‘arbning ta’limoti ochiq-oydin ulardan intiqom olish, ularni xorlash edi.(Qolaversa, ulardan qo‘rqishardi). Ba’zisini yahudiylar makoni bo‘lmish Salonikiga, boshqalarini Yevropaga surgun qildilar. Usmoniylarning oxirgi sultoni Vahiduddin*ni ayoli bilan kechasi Fransiyaga surgun qilishdi.
Butun moli va egalik qilgan narsalarini musodara qilishdi. Ularni bir chaqasiz, uy kiyimlari bilan chiqarib yuborishdi. Sulton Vahiduddinning o‘g‘illari Parijda yuzlarini berkitib tilanchilik qilib yurishar edi.
Sulton Vahiduddin vafot etgach, Fransiya cherkovi uning jasadini bermadi. Sababi, uning do‘konlardan, bozorlardan qarzi ko‘payib ketgan edi. Musulmonlar pul yig‘ishib, uning qarzlarini to‘lashdi. Cherkovdan jasadni olishdi va Shomga jo‘natib, o‘sha yerda dafn qilindi.
Ular haqida birinchi bo‘lib Turkiya bosh vaziri Adnon Menderes surishtirdi va Fransiyaga bordi. U : "Mening otalarim-onalarim qayerda?", deb surishtirar edi. Oxiri Parijdagi bir kichkina qishloqqa bordi. U yerdagi bir korxonada xalifa Abdulhamidning zavjasi Shafiqa xonim (85 yosh) va qizi Oisha xonim (60 yosh)lar arzimagan pul evaziga idish-tovoq yuvishar edi. Menderes yig‘lab ularning qo‘llarini o‘pa boshladi. Oisha xonim uni tanimay:
- Sen kimsan? - deb so‘radi. Menderes Turkiya bosh vaziri ekanligini aytgach, uning qo‘llaridagi idishlari yerga tushib ketdi va:"Qayerda eding, juda kechikding", dediyu, hushidan ketib yiqildi.
Adnon Menderes hukumatni ularni Turkiyaga olib kelishga ming azob bilan ko‘ndirdi. Hukumat faqat ayollarni olib kelishga ruxsat berdi. Abdulhamid va Vahiduddinning o‘g‘illarini Najmiddin Erbakon o‘zining davrida avf haqida qaror chiqarib Turkiyaga olib keldi.
Menderesni mahkamaga tortgan masalalar ichida unga davlat mulkini o‘g‘irlab Usmoniylar oilasiga sarflaganlik aybi ham bor edi. Chunki Menderes hayit bayramlarida ularni ziyorat qilib o‘zining maoshi, shaxsiy mulkidan ularni ta’minotini qilib turar edi.
1961 yil iyul oyida Menderesni dorga osishdi. Ayni shu oyda Abdulhamidning ayoli va qizini joynamoz ustida jasadini topishdi. Mana shu g‘arbning basharasi...
O‘rxon Turkmon o‘g‘li.
*Vahiduddin - xalifa Abdulhamiddan so‘ng Abdulmajid ikkinchi va Vahiduddinlar ozgina vaqt taxtda o‘tirishgan.
A.Polvonov tarjimasi
Manba: Azon.uz
Usmoniylar OilasiYevropa SurguniSulton VahiduddinTurkiya Bosh VaziriAdnon MenderesAbdulhamidning Qizi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar