date

Tinchlik muzokarasi sari ketayotgan diplomatlar halokatda vafot etdi

Tinchlik muzokarasi sari ketayotgan diplomatlar halokatda vafot etdi

11 oktyabr kuni Qatar delegatsiyasi G‘azo bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun ketayotgan paytda Misrning Sharm ash-Shayx shahri yaqinida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, Qatar protokol xizmatida faoliyat yurituvchi 3 nafar diplomat halok bo‘lgan, yana 3 kishi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa Qatar, AQSH va Misr vositachiligida olib borilayotgan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari jarayonida ro‘y berdi. Ayni paytda Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tayotgan muhim uchrashuvlarda mintaqadagi qon to‘kilishni to‘xtatish, harbiy kuchlarni chekintirish va garovdagi fuqarolarni almashishga oid kelishuvlar muhokama qilinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tinchlik rejasi 10 oktyabr kuni kechasi kuchga kirgan. Hozirda muzokaralarda AQSH prezidenti Donald Tramp, Misr prezidenti Abdulfattoh Sissi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etmoqda.

Qatar delegatsiyasi ushbu muzokaralarda faol vositachi sifatida qatnashmoqda edi. Transpartavariya halokati tinchlik jarayoniga qanday ta’sir qilishini rasmiylar hali bayon etgani yo‘q.

Xalqaro siyosatchilar va kuzatuvchilar bu voqeani juda hassos bir paytdagi og‘ir yo‘qotish sifatida baholamoqda. Qurbonlar soni ko‘payishi mumkinligi ham inkor etilmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tinchlik muzokarasi sari ketayotgan diplomatlar halokatda vafot etdi