date

Rossiya zarbasida britan zobitlari ham halok bo‘ldi

Rossiya zarbasida britan zobitlari ham halok bo‘ldi

Xarkov viloyatining Chuguyev shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga Rossiya qo‘shinlari zarba berdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga ma’lum qilgan Nikolayev viloyatidagi yopiq harakatlar koordinatori Sergey Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida ukrain va britaniyalik harbiy xizmatchilar yo‘q qilingan.

“Jabrlanuvchilar orasida Britaniya armiyasi zobitlari ham bor. Ular vertolyot orqali Xarkovga evakuatsiya qilindi”, — deya ta’kidlagan Lebedev.

Ma’lumotlarga qaraganda, hujumdan keyin zavod hududidan 58 nafarga yaqin og‘ir yaralangan xorijlik harbiylar olib chiqilgan.

Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari chorshanba kunidan boshlab Rossiyaga qarshi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyat hududida harbiy texnika, shaxsiy tarkib va yoqilg‘i zaxiralarini yashirin tarzda to‘plashni boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya zarbasida britan zobitlari ham halok bo‘ldi