date

Pokiston Afg‘onistonni ogohlantirdi: “O‘t bilan o‘ynashmang!”

Pokiston Afg‘onistonni ogohlantirdi: “O‘t bilan o‘ynashmang!”

Pokiston ichki ishlar vaziri Muhsin Naqviy Afg‘oniston hududidan mamlakatning tinch aholisiga qarshi qilingan qurolli hujumlarni keskin qoraladi. Uning ta’kidlashicha, “Tolibon” kuchlari tomonidan Pokiston hududiga o‘t ochilishi xalqaro huquq me’yorlarini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi.

“Bu harakatlar xalqaro normalarga zid. Afg‘oniston o‘t bilan o‘ynashyapti. Agar vaziyat davom etsa, biz bu tajovuzga munosib javob beramiz”, — dedi Naqviy.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston hech qachon provokatsiyalarga berilib ketmaydi, biroq har qanday tahdidga qarshi qat’iy chora ko‘rishga tayyor. U Afg‘oniston rahbariyatini qo‘shnilik munosabatlariga putur yetkazmaslik va chegara xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

“Xuddi Hindiston misolida bo‘lganidek, Afg‘oniston ham agar bosimni davom ettirsa, munosib javob oladi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.

So‘nggi haftalarda Pokiston va Afg‘oniston chegarasida keskinlik ortayotgani kuzatilmoqda. Ikki davlat o‘rtasida chegara xavfsizligi, migrantlar oqimi va qurolli to‘qnashuvlar masalalari bo‘yicha tortishuvlar kuchaygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston Afg‘onistonni ogohlantirdi: “O‘t bilan o‘ynashmang!”