date

2 ming so‘zdan iborat ism rekord o‘rnatdi va Ginness rekordlar kitobiga kirdi

2 ming so‘zdan iborat ism rekord o‘rnatdi va Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Yangi Zelandiyada istiqomat qiluvchi Lourens Uotkins ism-familiyasini o‘zgartirib, unga 2 253 ta so‘zdan iborat ikkinchi ismlarni qo‘shdi va Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Uotkins 1990 yil mart oyida o‘z ismini rasman o‘zgartirgan va okrug sudiga murojaat qilib, ushbu rekordni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘ragan. Ilk bor sud uning so‘rovini qabul qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik rad javobi qayd etilgan.

Shunga qaramay, Uotkins taslim bo‘lmadi va ishni Yangi Zelandiya Oliy sudigacha yetkazdi. Oliy sud uning faoliyatini tan oldi va uni rasman dunyodagi eng uzun ism egasi sifatida qayd etdi. Biroq bundan keyin bunday vaziyatlar takrorlanmasligi uchun mamlakatdagi ikkita qonun o‘zgartirildi.

Ginness rekordlar kitobida Uotkinsning to‘liq ismi 6 sahifaga yaqin joy egallaydi. Uning aytishicha, u doim rekordchi insonlardan ilhomlanib kelgan va shu sahnada bo‘lishni orzu qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2 ming so‘zdan iborat ism rekord o‘rnatdi va Ginness rekordlar kitobiga kirdi