Foto: Getty Images
Shvetsiya Yevroittifoq mamlakatlari ichida o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat bo‘ldi.
Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell o‘zi taklif qilgan karantindan voz kechish strategiyasi ko‘plab o‘limlarga sabab bo‘lganini ilk marta tan oldi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
«Agarda bu kasallik bilan bugungi bilimlarimizga ega bo‘lgan holda to‘qnashganimizda, biz Shvetsiya va dunyoning boshqa mamlakatlari tanlagan usul orasini tanlagan bo‘lardik», — dedi Tegnell.
«Shved demokratlari» partiyasi raisi Jimmi Akesson epidemiologning fikri o‘zgarganini «g‘aroyib» deb atadi.
«Bir necha oy davomida barcha tanqidlar bostirildi. Shvetsiya hammasini to‘g‘ri qilyapti, butun dunyo noto‘g‘ri qilyapti. Endi esa bunday deyapti», — deb yozdi u Twitter sahifasida.
Shvetsiya Yevroittifoq mamlakatlari ichida o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat bo‘ldi.
Milliy strategiyaga ko‘ra, qancha ko‘p odam kasallikka chalinsa, aholida koronavirusga shuncha tez immunitet hosil bo‘ladi. Ushbu strategiyaning muallifi esa Tegnell bo‘lgandi.
Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada 38589 kishi kasallikka chalingan, 4468 kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi