Foto: «Depositphotos»
Koronavirusning yangi tipi siyosatga eng kuchli ta’sir o‘tkazuvchi virusga aylandi, deb hisoblaydi Indoneziya tashqi siyosiy hamjamiyat asoschisi va direktori Dino Patti Jalol. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya katta siyosiy xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi.
«COVID-19 ni biz ko‘rgan eng kuchli siyosiy virus deb atagan bo‘lardim», — dedi u Valday klubi tomonidan tashkil etilgan onlayn-anjumanda.
«Biologik masalalar ilk bor davlat siyosati va yetakchilar obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bordi-yu, AQSH prezidenti Tramp joriy yil noyabr oyida saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, bunda ham asosan COVID-19 epidemiyasining ta’sirini ko‘rish mumkin», — deya ta’kidladi ekspert.
Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi odamlarning qashshoqlashuviga olib keldi. Kambag‘allar ijtimoiy tartibsizliklarning sababchisiga aylanishi mumkin. Yana pandemiya fonida irqchilik bilan bog‘liq noroziliklar avj oldi.
Bundan tashqari, karantin sharoitida jamoat diplomatiyasi yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilmayotganidan aziyat chekmoqda. Karantindan so‘ng tiklanish uchun keng qamrovli ishlarni olib borishga to‘g‘ri keladi.
«Ishni xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan boshlashimiz kerak», — deb hisoblaydi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi