10:16 / 20.06.2020
2 548

Armaniston bosh vaziri ham Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaslikka qaror qildi

Armaniston bosh vaziri ham Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaslikka qaror qildi
Foto: Armaniston bosh vazirining matbuot xizmati
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga bora olmasligini ma’lum qildi. U mazkur qarorga kelishiga Armanistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lganini qayd etgan, deb yozmoqda «RIA Novosti».

«Men ushbu taklifni katta ehtirom bilan qarshi olgandim va Moskvadagi tantanali tadbirlarda ishtirok etishni maqsad qilgandim. Ammo epidemiologik vaziyat mazkur tashrifni amalga oshirishimga to‘sqinlik qilmoqda», — deya maktub yozgan Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga.

G‘alab paradi Moskva shahrida 24 iyunda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga xorij davlatlaridan qaysi rahbarlarning kelishi borasida aniq ma’lumot berilmagan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 11 iyunda asosan MDH davlatlaridan 12 nafar davlat rahbari tadbirda ishtirok etish istagini bildirganini qayd etgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu paradda ishtirok etishi kutilmoqda.

18 iyunda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat sabab Moskvadagi ushbu paradga kela olmasligini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston bosh vaziri ham Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaslikka qaror qildi