AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil oxirigacha ba’zi vaqtinchalik ishchi vizalar berilishi to‘xtatilishi haqidagi farmonni imzoladi.
“Prezident Donald Tramp amerikalik ishchilar koronavirusning iqtisodiy oqibatlaridan o‘nglanishimiz davomida birinchi o‘rinni egallashlari uchun ba’zi vizalarning to‘xtatilishini yil oxirigacha uzaytirmoqda”, deyilgan Oq uy xabarida.
Ushbu farmon H-1B, H-2B, H-4, L-1 vizalari va J-1 vizasining ba’zi turlariga taalluqli bo‘ladi.
H-1B vizalari tajribali ishchilar uchun qo‘llanadi va texnologiya sohasida keng qo‘llanadi. H-2B vizalari mavsumiy ishchilarga qo‘llanadi. H-4 vizalari esa H-1B vizalari egalarining turmush o‘rtoqlariga beriladi.
J-1 vizalari olimlar, tadqiqotchilarga, L-1 vizalari esa kompaniyaning xorijdagi bo‘limidan AQSHdagi bo‘limiga ko‘chirilib o‘tkaziluvchilarga beriladi. AQSHning immigratsiya kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHga har yili J-1 vizasi bo‘yicha 300 mingga yaqin kishi keladi.
“Vaqtinchalik ishchilarga ko‘pincha turmush o‘rtoqlari va farzandlari hamrohlik qiladi. Ulardan ko‘pchiligi amerikalik ishchilar bilan raqobat qiladi. Odatiy holatlarda vaqtinchalik bandlikning to‘g‘ri tashkillashtirishgan dasturlari iqtisodiyotga foyda keltirishi mumkin. Biroq koronavirus sababli yuzaga kelgan iqtisodiy pasayish vaqtida bunday bandlikka ruxsat beruvchi ba’zi noimmigratsion viza dasturlari amerikalik ishchilar bandligiga xavf soladi”, deyilgan farmonda.
Viza cheklovlari joriy yil oxirigacha amal qiladi va zarurat bo‘lsa uzaytirilishi mumkin. Biroq ushbu farmon hozirda AQSHda qolayotgan xorijiy ishchilarga ta’sir qilmaydi.
Avvalroq Tramp pandemiya sharoitida ishsizlik katta ko‘lamga yetgani sababli amerikalik ishchilarni himoya qilish maqsadida “grin-kartalar” berilishini vaqtinchalik to‘xtatuvchi farmonni imzolagandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi