16:38 / 07.07.2020
2 309

Angola sobiq prezidentining qizi davlatning milliardlab dollarini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda

Angola sobiq prezidentining qizi davlatning milliardlab dollarini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda
Foto: Reuters
Angola hukumatiga milliardlab dollar zarar keltirganlikda ayblanayotgan Afrikaning eng boy ayoli Izabel dush Santush o‘z nomini oqlash uchun tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Angola sobiq prezidenti Joze Eduard dush Santushning qizi bo‘lgan Izabel o‘z nomi va obro‘siga putur yetkazayotgan bu masalani tezroq hal qilishni xohlanishini bildirgan. «Men, doimgidek ochiqman, odil sudlov bilan hamkor qilishga va haqiqat qaror topishi uchun barcha zarur tushuntirishlarni berishga tayyorman», — degan u.

Unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xususan, Izabel dush Santush yirik miqdorda talon-toroj qilish, firibgarlik va o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Angola hukumatiga ko‘ra, uning noqonuniy harakatlaridan keltirilgan zarar miqdori 5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Yanvar oyi oxirida dush Santush davlatning Sonangol neft kompaniyasi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblangan. U jinoyatni kompaniya direktorlar kengashi raisi vazifasini egallagan vaqtda sodir etgan deb taxmin qilinmoqda. Ushbu lavozimni 2016—2017 yillarda egallagan va mamlakatga yangi rahbari hokimiyatga kelganidan keyin ishdan olingan.

Izabel dush Santushning o‘zi esa bu ayblovlarni qat’iy rad etmoqda va jinoiy ta’qibni siyosiy sabablar bilan bog‘lab, uni «tahdid» deb qarayotgan amaldagi hukumatning «muvofiqlashtirilgan siyosiy hujumi» deb atagan.

2019 yilda dush Santushning Angoladagi hisob raqami muzlatilgan. Shundan so‘ng, 2020 yilning fevralida uning Portugaliyadagi hisoblari Angola va Portugaliya rasmiylarining birgalikdagi faoliyati natijasida hibsga olingan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angola sobiq prezidentining qizi davlatning milliardlab dollarini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda