18:02 / 17.07.2020
14 733

Dunyodagi eng baland sharshara bu…

Dunyodagi eng baland sharshara bu…
Dunyodagi eng baland sharshara sizningcha bu qaysi?
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Venesueladagi Angel sharsharasi dunyo miqyosida eng baland sharshara maqomini olgan. Uning umumiy balandligi 3212 fut (979 metr). Angel sharsharasi Venesuelaning janubi sharqidagi Bolivar shtatining Kanayma milliy bog‘ida joylashgan. Ushbu sharshara juda ham qadrlanganligi sababli YUNESKO ning Butunjahon merosiga aylangan. Sharsharaning balandligi geograf Perri Louri tomonidan 1949 yil o‘lchangan.

1990 yildan buyon sayyohlarning tashrifiga ruxsat berilgan. Ularning aksariyati Kanayma milliy bog‘iga Angel sharsharasini ko‘rish uchun qadam ranjida qilishadi. Bu sharshara o‘zining jozibasi hamda salovati bilan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga rom qilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hozirgi kunda Angel sharsharasi dunyo bo‘yicha eng baland sharshara hamda eng uzun to‘xtovsiz sharshara nomi bilan tan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baland sharshara bu…