23:13 / 16.07.2020
7 340

Insoniyatning kelajagi aytib berildi

Insoniyatning kelajagi aytib berildi
Foto: «Mynomadpen.blogspot.com»
AQShdagi Vashington universiteti hamda Salomatlikni baholash va ko‘rsatkichlar instituti (IHME) asr oxiriga borib Yer yuzida insoniyat soni qisqarishni boshlashi demografik halokatga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Tadqiqot-maqola «Lancet» jurnalida yoritildi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, 2060 yilda sayyoramiz aholisi soni ikki milliardga ko‘payadi. Biroq oradan o‘nlab yillar o‘tishi barobarida tug‘ilish darajasi pasayishni boshlaydi, Italiya va Yaponiya kabi mamlakatlar aholisining teng yarmigachasini yo‘qotadi. Atrof-muhit musaffoligi nuqtai nazaridan bu ijobiy holatdek ko‘ringani bilan, aholi sonida keksalar ulushining ko‘payishi va aksincha yoshlarning kamayib ketishi iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlari jiddiy zarbaga uchraydi.

2064 yilda Yer aholisi 9,7 milliard kishiga yetadi, 2100 yilda esa yana kamayib 8,8 milliardga tushadi. Holbuki, oldingi hisob-kitoblarda aholi soni qisqarmasligi va asr oxiriga borib yerliklar jami soni 12,3 milliardga yetishi aytilgandi.

Yangi tadqiqotda yanada takomillashtirilgan — kogort fertillikka asoslangan (bunda muayyan yoshdagi ayollar (ayni holatda 50 yoshgacha) dunyoga keltiradigan bolalar o‘rtacha soni hisoblanadi) modeldan foydalanildi.

Ushbu modelga ko‘ra, Afrika mamlakatlarida tug‘ilish jiddiy pasayib ketadi. Masalan, hozir Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarda bir ayolga o‘rtacha 4,7 nafar chaqaloq to‘g‘ri keladi. Nigeriyada 2017 yilda o‘ziga xos rekord qayd etildi: bir ayolga o‘rtacha yetti nafar chaqaloq to‘g‘ri keldi. 2100 yilda bu ko‘rsatkich 1,8 ga tushadi. Yaponiya aholisi 128 millionda 60 millionga tushsa, Xitoy aholisi 1 milliarddan ham ozayadi.

80 yoshdan oshganlar soni olti karra ko‘payadi. Bu sog‘liqni saqlash tizimini risoladagidek ushlab turish uchun qo‘shimcha resurslarni talab etadi. Ayrim mamlakatlar to‘g‘ri immigratsion siyosat va ko‘pbolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash hisobiga demografik inqirozdan chiqib ketishi mumkin. Shuning barobarida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish resurslaridan foydalanish imkoniyati cheklanishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ham tadqiqotda ta’kidlab o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Insoniyatning kelajagi aytib berildi