19:57 / 23.07.2020
5 326

Antarktida sohillarida insoniyat sivilizatsiyasiga xavf soluvchi tahdid paydo bo‘ldi

Antarktida sohillarida insoniyat sivilizatsiyasiga xavf soluvchi tahdid paydo bo‘ldi
Foto: «Zen.yandex.com»
AQSHda Oregon shtati universiteti olimlari birinchi marta Antarktikada dengiz tubidan metan faol sizib chiqayotganini aniqlashdi. Bu haqda «Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences» jurnalida chop etilgan maqolada xabar berilgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, Antarktida sohillarida okean tubida juda ko‘p miqdorda metan bor. U cho‘kindi jinslar ostida ko‘milib qolgan suv o‘tlari chirishi natijasida hosil bo‘lgan. Metan kuchli issiqxona gazi sifatida xavf tug‘diradi. Global isish paytida dengiz tubi yuzasida suv qatlari qiziy boshlaydi. Bu gaz chiqishiga yordam beradi. Tadqiqotchilar atmosferaga shu darajada ko‘p metan chiqib, sayyora zamonaviy sivilizatsiya hayotiga mos kelmaydigan haroratgacha qizib ketishidan xavotirda.

Ushbu holatda metan chiqishi okean qizishi bilan bog‘liq emas. Lekin haqiqiy sababi noma’lumligicha qolmoqda. Olimlar, shuningdek, odatda suv tubida chiqadigan metanni yuta boshlaydigan mikroblar yo‘qligini ham qayd etishgan. Bu issiqxona gazining to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosferaga chiqib ketishiga olib keladi. Agar mikroorganizmlar o‘sha joyga juda tez yetib bormasa, ko‘p miqdorda metan chiqishining oldini olishga ulgurolmay qolishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antarktida sohillarida insoniyat sivilizatsiyasiga xavf soluvchi tahdid paydo bo‘ldi