10:23 / 06.08.2020
2 855

Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshladi

Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshladi
Xitoyning Fosun Pharma farmatsevtika kompaniyasi va Germaniyaning Biontech kompaniyasi koronavirusga qarshi birgalikda ishlab chiqqan vaksinani Xitoyda odamlarda sinashning birinchi bosqichini boshladi.

PanPay portalining ma’lum qilishicha, BNT162b1 vaksinasi sinovida Taychjou shahridan 144 ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Dastlab emlashdan 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar, so‘ngra 55 yoshdan kattalar o‘tadi. Ma’lum qilinishicha, 72 kishida emlash o‘tkazib bo‘lingan.

Sinovlar tadqiqotlarda davolash xususiyatini imitatsiya qiluvchi, hech qanday davolash xususiyatiga ega bo‘lmagan platsebo qo‘llangan holda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning bir qismi vaksina, bir qismi esa platsebo oladi.

Umumiy hisobda har bir ishtirokchiga 21 kunlik oraliq bilan vaksinadan 10 mkg va 30 mkgdan ikkita in’eksiya qilinadi.
Biontech, shuningdek, AQSHning Pfizer kompaniyasi bilan birgalikda BNT162b2 deb nomlangan vaksina ustida ishlab olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshladi