09:09 / 02.09.2020
3 554

AQSH Xitoy armiyasining uch sohada ustunligini tan oldi

AQSH Xitoy armiyasining uch sohada ustunligini tan oldi
Foto: AFP/Mladen ANTONOV
Xitoy armiyasi AQSH qurolli kuchlaridan uch sohada o‘zib ketgan. Bu haqda Pentagonning Xitoy armiyasi holati haqida kongress uchun tayyorlagan har yillik ma’ruzasida aytilgan.

Ta’kidlanishicha, Xitoy o‘z kemasozligining jadalligi va flotining yirikligi bo‘yicha AQSHni ortda qoldirgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy floti 350 ta suv usti va suv osti kemasiga ega. AQSH flotida esa 293 ta kema bor.

Pentagon Xitoy armiyasining quruqlikdagi qanotli va ballistik raketalar hamda havo hujumiga qarshi integratsiyalashgan tizimlar borasida ustunligini ham tan oladi. Ma’ruzada ta’kidlanishicha, Xitoy katta masofalarga mo‘ljallangan zamonaviy “yer – havo” tizimlarining eng yirik guruhlaridan biriga ega. Bu ko‘p jihatdan Xitoy armiyasining Rossiyaning S-300 va S-400 tizimlariga egaligi bilan bog‘langan.

Shuningdek, Xitoy 500 kmdan 5,5 ming kmgacha ta’sir doirasiga ega 1250 tadan ko‘proq raketaga ega. Bu orada AQSHda 70 kmdan 300 kmgacha ta’sir doirasiga ega raketalargagina bor, chunki u O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni ta’qiqlash haqidagi shartnoma tufayli bunday turdagi raketalarni ishlab chiqa olmagan.

Ma’ruzada ma’lum qilinishicha, Xitoy oxirgi 20 yil ichida o‘z armiyasini barcha jihatlar bo‘yicha mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun barcha zaxiralari, texnologiyalari va siyosiy irodasini safarbar qilgan. Pentagonning fikricha, Pekin XX asr o‘rtalariga kelib AQSH qurolli kuchlariga teng yoki ba’zi holatlarda undan ustun armiyani tashkil etishga intilmoqda.

Avvalroq AQSH milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff Xitoy AQSH milliy xavfsizligiga Rossiyadan ko‘proq xavf solishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya ham AQSHga jiddiy xavf soladi, biroq Xitoy tomonidan xavf jiddiyroq hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Xitoy armiyasining uch sohada ustunligini tan oldi