21:13 / 03.10.2020
3 917

Hid sezish qobiliyati yo‘qolishi — koronavirusning asosiy alomati

Hid sezish qobiliyati yo‘qolishi — koronavirusning asosiy alomati
London Universitet kolleji (UCL) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni aniq ko‘rsatdiki, hid sezish yo‘qolishi koronavirus infeksiyasining nihoyatda aniq va balki asosiy alomatidir.

Aprel oyida shifokorlar ta’m yoki hid sezish qobiliyatining yo‘qolishi infeksiyalanishdan darak berishi mumkinligini anglab yetishgandi, may oyi o‘rtalariga kelib esa bu koronavirus alomati ekani rasmiy tan olindi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq, bunday alomat kuzatilgan odamlar darhol o‘zini yakkalash tartibiga o‘tishi va koronavirusga tahlil topshirishi kerak. Biroq hanuz yo‘tal va yuqori isitma asosiy belgi sifatida hisoblab kelingan.

Yil boshida hid sezish qobiliyatini yo‘qotgan 590 kishini tekshirgan UCL mutaxassislarining fikriga ko‘ra, endilikda aynan hid sezish qobiliyati yo‘qolishini kasallik yengil shaklda o‘tsa ham, virus yuqtirishning asosiy alomati deb hisoblash zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hid sezish qobiliyati yo‘qolishi — koronavirusning asosiy alomati