Foto: «MedicalXpress»
Madridning Komplutens universiteti olimlari giyoh damlamasida ayauaskani topishdi. Amazonka tropik o‘rmonlari tub aholisi tayyorlaydigan ushbu modda yangi neyronlar, shuningdek, yordamchi astrotsit va oligodendrotsitlar hujayralarining hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ushbu modda halokatli Alsgeymer kasalligiga davo bo‘lishi mumkin. «Translational Psychiatry»da chop etilgan tadqiqot natijalari haqida «MedicalXpress» press-relizida qisqacha ma’lumot berilgan.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, miya qayishqoqligini modullashtirish qobiliyati dimetiltriptamin (DMT) ruhiy va nevrologik kasalliklar, jumladan, neyrodegenerativ xastaliklarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan dori preparatlari tarkibiga kiritilishini nazarda tutadi. Bu sichqon va hujayralarni hosil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan.
DMT 2A (5-NT2A) turiga mansub serotoninergik retseptori bilan bog‘lashadi. Bu moddaning kuchli gallyutsinogen ta’siri bilan izohlanadi. Biroq tadqiqotchilar DMT 5-NT2A emas, sigma-retseptor bilan bog‘lanishini ta’minladi. Bu esa bemorlarning ahvolini yengillashtirdi.
Alsgeymer singari neyrodegenerativ kasalliklarda neyronlar halok bo‘ladi. Odam organizmi yangi nerv hujayralarini hosil qila oladi, biroq bu bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib, har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Biroq DMT asosida tayyorlangan yangi preparatlar yangi neyronlar rivojlanish mexanizmini yanada samarali qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirusdan azoblanayotgan bemorlarning qonida xavfli antitanacha topildi

Shuning uchun bo‘g‘iladi. Olimlar COVID-19 ning yangi asoratini aniqlashdi

Falastinlik olima qiz "bedavo" deb hisoblanuvchi kasallik davosini topish arafasida

Inson o‘limini oldindan aytib berish yo‘li topildi

Teri qarishini sekinlashtiruvchi modda topildi

AQSh olimlari sichqonlarga inson miyasini ko‘chirib o‘tkazib, ularning aql darajasini oshirdi