09:10 / 03.12.2020
2 606

Namibiya hukumati 170ta filni sotuvga qo‘ydi

Namibiya hukumati 170ta filni sotuvga qo‘ydi
Foto: Wikipedia
Namibiya hukumati mamlakatdagi qurg‘oqchilik va qo‘riqxonalarda fillar haddan ziyod ko‘pligi sababli 170ta filni sotuvga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Namibiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi va turizm vazirligi tomonidan e’lon qilingan reklamaga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Fillar mamlakat ichida va tashqarisida auksion orqali sotiladi. Auksionning har bir ishtirokchisi fillarni saqlash sharoitlari va ularni boqish uchun yetarlicha mablag‘ga egaligi haqida kafolat hujjatlari taqdim qilishi kerak bo‘ladi. Xorijiy xaridorlardan filni belgilangan davlatga olib kirish uchun ruxsat beruvchi bojxona hujjatlari taqdim qilish ham talab etiladi.

Namibiya oxirgi yillarda mamlakatda fillarni himoyalash va brakonerlarga qarshi kurashish choralari qabul qilingani sababli ushbu jonzotlarning tez ko‘payishiga to‘qnash kelgan. Natijada Afrika mamlakatida fillar soni 1995 yildagi 7,5 mingdan 2019 yilda 24 minggacha yetgan. Buning oqibatida qo‘riqxonalarda bunday ko‘p sondagi fillarning normal yashashi uchun tabiiy zaxiralar taqchilligi yuzaga kelgan. Bundan tashqari, hukumat mamlakatda boshlanayotgan qurg‘oqchilik oqibatida ko‘llar va daryolar qurishi fillarning ommaviy nobud bo‘lishiga olib kelishidan xavotir bildirmoqda.

Namibiya Afrika janubida fillar uchun oziqa va suv yetishmasligi muammosiga to‘qnash kelgan yagona davlat emas. Misol uchun, Botsvana fillarni Angolaga ko‘chirish bo‘yicha dasturni amalga oshirmoqda. Ayni vaqtda Afrikada tabiiy muhitda yashovchi fillar soni 350 mingga yetadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Namibiya hukumati 170ta filni sotuvga qo‘ydi