Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan giyohvand moddalarni maxsus pechda yo‘q qilish tadbirida qatnashdi, deb xabar bermoqda «Turkmaniston Bugun» davlat axborot agentligi.
Shu tariqa Berdimuhamedov Ashxoboddan 100 kilometr shimolda joylashgan narkotiklarni yoqish uchun yangi majmuani ochib berdi.
«Xavfsizlik kengashi kotibi Chorimurod Omonov davlat rahbariga yangi majmua haqida va huquq-tartibot organlari tomonidan maxsus operatsiyalar chog‘ida musodara qilingan giyohvand moddalarni yoqishga tayyorgarlik haqida gapirib berdi», — deyiladi xabarda.
Shundan keyin prezident Berdimuhamedov va xavfsizlik kengashi a’zolari bir necha paket narkotiklarni yoqib yuborgan. Tadbir chog‘ida jami 122,5 kg narkotik moddalar yo‘q qilingan.
Xabar berilishicha, o‘rnatilgan uchta pechda ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilib, ular odamlar va ekologiya uchun xavfsizdir.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 23 noyabrdan boshlab dunyo miqyosidagi pandemiya hamda mamlakat hududida o‘tkir yuqumli kasalliklarning tarqalishi va yuqishining oldini olish maqsadida 50 yoshdan katta fuqarolarning hududlar bo‘ylab harakatlanishi taqiqlab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi prezident So‘ronbay Jeenbekov yo‘qolganligini ma’lum qildi

Ta’tildagi Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov otga yem berib, velosipedda sayr qildi

Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarning oziq-ovqatlari tugamoqda

Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazmoqda

Turkmaniston 4 yil ichida 4 mingdan ortiq muhojirga fuqarolik berdi