Foto: AP Photo/Andrew Harnik, Pool
Jo Baydenning o‘g‘li Xanterga nisbatan "soliq ishlari" bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Surishtiruvni Delaver federal prokuraturasi olib bormoqda, deb xabar berdi CNBS.
"Kecha Delaverdagi prokuratura maslahatchi yuristimga mening soliq ishlarimni tekshirayotganini ma’lum qilganini bildim. Bu mavzuga juda jiddiy qarayman, ammo ishonamanki, ushbu mavzuning professional va xolisona tahlili ishlarimni qonuniy va tegishli tarzda olib borganimni ko‘rsatadi", - dedi Xanter Bayden.
O‘z navbatida, CNN surishtiruv Xanter Bayden va uning sheriklari tomonidan Rossiya va boshqa davlatlarda, asosan Xitoyda biznes yuritishda soliq qonunchiligi buzilishi va pul yuvilishi ehtimoli bo‘yicha olib borilayotganini ma’lum qildi.
Fox News telekanalining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, kichik Bayden keng tarkibdagi hakamlar jalb etilgan surishtiruv ob’ektiga aylangan.
Shu bilan birga, tergovchilarning Jo Baydenga nisbatan e’tirozlari yo‘qligi aytilmoqda. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, surishtiruv 2018 yilda boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi