15:05 / 13.04.2021
2 401

Amerikalik ayol eri fastfuddan pul tejashi uchun unga sendvich tayyorlab bergan. Biroq u sendvichlarni sotib, fastfud olib yegan

Amerikalik ayol eri fastfuddan pul tejashi uchun unga sendvich tayyorlab bergan. Biroq u sendvichlarni sotib, fastfud olib yegan
Foto: Shutterstock
Amerikadagi reklama agentligi xodimi rafiqasi tayyorlagan sedvichlarni unga bildirmasdan sotish bo‘yicha biznesni yo‘lga qo‘ydi. Ishlab topilgan pullarga u fastfud sotib olgan. Ayolga esa hech narsa berilmagan — na pul va na burgerlar, deb yozadi Meduza.

Barchasi juftlikning erkak fastfud uchun qancha sarflashi kerakligini hisoblashdan boshlangan. Anchagina katta mablag‘ yuzaga kelgan: oyiga 300 dollarga yaqin. Er-xotin yangi kvartira sotib olish uchun pullarni tejashga harakat qilgan. Shunda ayol eriga ishxonada o‘zi tayyorlagan sendvichlar bilan tushlik qilishga o‘tishini taklif qilgan. U esa rozi bo‘lgan.

Ayol eridan sendvich qanday chiqqaniga baho berishni so‘ramagunicha barchasidan bexabar bo‘lgan. Shu bilan birga, u ko‘proq sendvich tayyorlashni so‘ragan — unga kuniga ikki dona yetmagan.

Kunlarning birida erkak uyiga ishxonadagi do‘stini mehmonga chaqirgan. Suhbat vaqtida hamkasbi sendvichlarni yodga olib, uni maqtay boshlagan. Keyin esa narxi juda qimmatligidan noligan. Ayol gap nima haqidaligini darrov tushunib yetmagan va bunga oydinlik kiritishini so‘ragan. Shunda barchasi oshkor bo‘lgan: erkak hamkasblariga ayoli tayyorlagan sendvichlarni sotib, o‘zi esa tushlikka fastfud sotib olib yegan. Shu orqali u kuniga 15 dollarga yaqin pul ishlab topgan.

Mehmon ketgach, er-xotin o‘rtasida jiddiy suhbat bo‘lib o‘tgan. Avvaliga u barchasini rad etgan, keyin esa sendvich sotishning yomon joyi yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuningdek, u kelishuv shartini buzmagan, axir oilaviy budjet pullarini ishlatmagan. Ayol esa xafa bo‘lib, boshqa sendvich tayyorlamasligini aytgan.

Erkak bundan xulosa chiqarmagan ko‘rinadi: uning hisoblashicha, bekordan bekorga janjal chiqargani uchun undan kechirim so‘rashlari kerak va sendvich yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilish bu eng oxirgi ish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol eri fastfuddan pul tejashi uchun unga sendvich tayyorlab bergan. Biroq u sendvichlarni sotib, fastfud olib yegan