22:29 / 26.04.2021
3 960

Polsha mudofaa vaziri: Putin Rossiya imperiyasini tiklamoqda


Kecha Rossiyaning Ukraina bilan chegarasidagi vaziyatni sharhlar ekan Polsha Mudofaa vaziri Mariush Blashak Vladimir Putinning siyosati Rossiya imperiyasini tiklashga qaratilganligini aytgan.

Polsha Mudofaa vazirligi rahbaridan Donbassdagi vaziyat haqida Polskiego Radia 24 efirida savol berilgan.
"Biz vaziyatni kuzatib turibmiz, — degan vazir. — Albatta, bizni sharqiy chegaradan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar juda qiziqtiradi. Prezident Putinning siyosati, shubhasiz, Rossiya imperiyasini tiklashga qaratilgan. Biz rus qo‘shinlarining 2008 yilda Gruziyada, 2014 yilda Ukrainada qanday ishlashini ko‘rdik. Bu harakat modeli edi".

2021 yildagi vaziyatga kelsak, Blashak "shundan beri juda ko‘p narsa o‘zgardi", deb hisoblaydi.
«Shimoliy Atlantika alyansi ixchamroq, NATOning sharqiy qanotida AQSH, Buyuk Britaniya, Ruminiya va Xorvatiya kabi ittifoqdosh davlatlarning kuchlari mavjud. Biz Latviya va Ruminiyada ham bormiz”, — degan vazir.

Blashak shuningdek, Amerikaning F-16 va F-15 samolyotlari Polshaga uch kun oldin yetib kelganini eslagan. "Biz birdamlik alomatlarini namoyish etamiz va shu bilan  ehtimoliy agressorni qo‘rqita olamiz", — deya xulosa qilgan Polsha Milliy Mudofaa vazirligi rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha mudofaa vaziri: Putin Rossiya imperiyasini tiklamoqda