11:15 / 02.05.2021
2 677

Ramzan Qodirovning daromadlari bir yilda ellik baravarga oshdi


Foto:«Dag.life»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2020 yilda 381 million rubl daromad topgani ma’lum bo‘ldi. Bu 2019 yilga nisbatan 50 baravar ko‘p ( 7,58 million rubl).

Qodirovning daromadlar deklaratsiyasida u 2020 yil davomida 381 million rubl daromad topgani ma’lum qilingan. 
Deklaratsiyada umumiy maydoni 32 ming kvadrat metr bo‘lgan ikkita yer uchastkasi va 2,3 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy binosi borligi ham ko‘rsatilgan.

Shuningdek, uning yana bir 300 kvadrat metrlik turar-joy binosi mavjud bo‘lib, u yerda uning rafiqasi va 12 farzandi yashaydi.
Deklaratsiyaga qaraganda, Qodirovga tegishli hech qanday avtotransport yo‘q. Qodirovning rafiqasi 1,5 million rubl daromadi, maydoni 209,8 kv kv. bo‘lgan kvartiraga ega ekanligini e’lon qilgan.

Aprel oyining boshlarida «Proyekt» Internet-nashri Qodirovning rasmiy rafiqasi Medni Qodirovadan tashqari kamida ikkita norasmiy xotinlari borligi, ulardan biri Moskvadagi qimmat kvartiralarda ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabar bergan edi.

Surishtiruv mualliflari ko‘chmas mulkning umumiy qiymatini deyarli 800 million rublga baholashgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu summa Checheniston rahbarining rasman ko‘rsatilgan daromadi miqdordan ancha yuqori.

Mualliflar advokat Pavel Krotovga tegishli millionlab dollarlik biznesga ham Qodirovning aloqasi borligini ta’kidlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning daromadlari bir yilda ellik baravarga oshdi