2 463
Qirg‘iziston prezidenti qozog‘istonlik tadbirkorni o‘zining maslahatchisi etib tayinladi
Foto: Tengrinews
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qozog‘istonlik tadbirkor va sanoatchi Almaz Ibragimovni o‘zining ko‘ngilli maslahatchisi etib tayinladi, deb yozmoqda Tengrinews.
Almaz Ibragimov Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida tug‘ilgan, uzoq yillar davomida u Qozog‘istondagi yirik sanoat korxonalarining top-menejeri bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Almaz Ibragimov turli yillarda Kaskelen shahridagi (Qozog‘iston) «Polimer» zavodining direktori, «Pavlodar aluminiy zavodi» OAJning bosh direktori, «Qozog‘iston aluminiysi» OAJ va «Qozog‘iston elektroliz zavodi» OAJning prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Qozog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Almaz Ibragimov «Hurmat» va «Vatan» ordenlari bilan mukofotlangan, shuningdek, u I va III darajali «Bars» ordeni va «Yenbek danki» nishonining III darajali sohibi hisoblanadi hamda Qozog‘iston mineral resurslari akademiyasining faxriy akademigi va S.Toraygirov nomidagi Pavlodar davlat universitetining faxriy professori unvoniga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"