22:55 / 14.07.2021
2 607

AQSH iyul oxirida Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishni boshlaydi


Foto: AP
AQSH hukumati iyul oxirida avvalroq Qo‘shma Shtatlarga immigratsion viza so‘rab murojaat etganlarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni boshlaydi. Bu haqda Reuters o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Agentlik avvalroq AQSH ushbu jarayon uchun charter reyslarini yo‘lga qo‘yishini yozgandi.
O‘tgan haftada AQSH prezidenti Jo Bayden Amerika hukumati oy oxirida AQSH kuchlariga ko‘maklashgan Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlashini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus immigratsion viza so‘ragan afg‘onistonliklar va ularning oila a’zolari aviareyslar orqali olib chiqib ketiladi.

Bayden Qo‘shma Shtatlar «Amerika kuchlari bilan yonma-yon, xususan, tarjimon sifatida ishlagan afg‘on fuqarolarini olib ketishga kafolat berishi»ni bildirgan.

Amerika OAVning ma’lumot berishicha, AQSH qo‘shinlariga yordam bergan 18 ming nafarga yaqin afg‘on fuqarolari va ularning 53 ming nafarga yaqin oila a’zolari AQSHga immigratsion viza olish umidida. Ammo bu juda uzoq jarayon bo‘lgani bois ularni evakuatsiya qilishga qaror qilingan.

Amerikalik huquq himoyachilari va qonun chiqaruvchilar Bayden ma’muriyatini afg‘onistonliklarni Tinch okeanida joylashgan AQSHga tegishli Guam oroliga jo‘natishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH iyul oxirida Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishni boshlaydi