15:30 / 20.07.2021
2 672

Amerikalik olimlar antibiotiklar miya tuzilishini o‘zgartirib yuborishini aniqladi


Foto: Pixabay
Amerikalik tadqiqotchilar penitsillin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning nafaqat mikrobiotasini, balki miyasining muhim qismlaridagi genlar ekspressiyasini ham o‘zgartirib yuborishini aniqladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Antibiotiklarni iste’mol qilish miya sohasidagi rivojlanish, xotira, stress va qo‘rquvga chora ko‘rishga javob beradigan genlar ekspessiyasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Penitsillin hamda uning hosilalari jahon pediatriyasida eng ko‘p qo‘llaniladigan dori vositalaridan biridir. Ammo ichak traktining miya bilan bog‘liqligi sabab bu miya tuzilishi va funksiyalarida doimiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida neyropsixiatrik va neyrodegenrativ kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi — nafaqat yoshlikda, balki qariganda ham.

Tadqiqotchilar penitsillin qilingan sichqonlarni antibiotik olmagan nazorat guruhi bilan taqqoslab, birinchi guruhdagi kemiruvchilarning ichak mikrobiotasi sezilarli darajada o‘zgarganini aniqlagan. Bundan tashqari, xotiraning rivojlanishiga hamda qo‘rquv va stressga qarshi chora ko‘rishga javob beradigan bosh va bodomsimon miya qobig‘i genidagi ekspressiya ham o‘zgargan.

«So‘nggi o‘n yilda bolalarda neyrodegenerativ kasalliklar holati ortdi, xususan, autism spketri buzilishi, diqqat yetishmasligi sindromi, giperfaollik va ta’lim olishdagi muammolar. Garchi bunga xabardorlik va tashxis ham sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsada, erta yoshda miya geni ekspressionidagi buzilishlar ham istisno emas», — deydi olimlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik olimlar antibiotiklar miya tuzilishini o‘zgartirib yuborishini aniqladi