21:52 / 19.08.2021
3 929

«Tolibon» Afg‘onistonda Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan miting ishtirokchilariga qarata o‘t ochdi

«Tolibon» Afg‘onistonda Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan miting ishtirokchilariga qarata o‘t ochdi
Foto: «Centralasia.media»
Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatining Asadobod shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi guvohlarga tayanib xabar bergan deb yozadi Meduza.

Afg‘onistonning Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan miting ishtirokchilari milliy bayroqlarni silkitayotgan paytida «Tolibon» jangarilari o‘t ochishni boshlagan.

Reuters qayd etishicha, odamlar aynan nima sababdan — otishma yoki undan keyin yuz bergan tiqilinch oqibatida vafot etgani oxirigacha aniq emas. «Tolibon» vakillari voqea yuzasidan izoh bergani yo‘q.

18 avgust kuni Afg‘onistonning bir nechta shaharlarida mamlakat bayrog‘ini himoya qilib, aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Norozilik namoyishlari «Tolibon» jangarilari binolardagi milliy bayroqlarni olib tashlab, o‘rniga o‘z harakatining bayrog‘ini o‘rnatib chiqishga kirishganidan keyin boshlandi.

Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida namoyishchilar va «Tolibon» a’zolari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Al-Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda uch kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, Kobul xalqaro aeroporti yaqinida 15 avgust, yakshanba kunidan buyon 12 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sky News telekanali «Tolibon» vakillariga tayanib ma’lum qilgan. Aeroport orqali mamlakatdan chet elliklar va ayrim afg‘onlar ham evakuatsiya qilinishda davom etmoqda. O‘limlarga o‘qotar qurollardan yetgan jarohatlar yoki tiqilinch sabab bo‘lgan.

«Tolibon» tegishli hujjati bo‘lmagan odamlarni aeroport hududini tark etishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistonda Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan miting ishtirokchilariga qarata o‘t ochdi