15:17 / 28.08.2021
2 143

«Tolibon» Kobul aholisidan qurollarini topshirishni talab qilmoqda

«Tolibon» Kobul aholisidan qurollarini topshirishni talab qilmoqda
Foto: Reuters
Kobul aholisi bir hafta ichida qurollar va o‘q-dorilarni hamda hukumat mashinalarini topshirishlari kerak. Xuddi shunday talab bilan Afg‘onistonda nazoratni o‘z qo‘liga olgan «Tolibon» harakati chiqdi. Bu haqda «Tolibon» vakili Zabiulla Mujohid ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston poytaxti aholisi buni bir hafta ichida bajarishi kerak.
«Ular Afg‘oniston Islom Amirligi («Tolibon» siyosiy tizimining nomi)ning tegishli organlariga o‘tkazilishi kerak», deydi u.

Oldinroq «Tolibon» tinch aholi vakillaridan qurollarni tortib olayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Harakat vakillari, shuningdek, sobiq hukumat bilan tinch muloqot o‘rnatishga va sobiq amaldorlar o‘zlarini xavfsiz his qilishlarini ta’minlashga va’da bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Kobul aholisidan qurollarini topshirishni talab qilmoqda