Ayni payt AQSHda safarda bo‘lib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Nyu-Yorkda “Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada qatnashdi.
U bir qator xalqaro masalalar qatorida dunyoda islomofobiya bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, islomofobiya virusi butun dunyoda shitob bilan tarqalmoqda.
“Necha yillar davomida demokratiya v erkinliklar beshigi sifatida namuna qilib ko‘rsatib kelingan mamlakatlarda bu virus juda tez yoyilyapti. Islomga dushmanlik va muhojirlarga qarshilik bugungi kunga kelib siyosatni o‘ziga asir qilib oldi. Musulmonlarning kundalik hayotini qiyinlashtiradigan, davlat siyosatini yo‘naltiradigan, ijtimoiy totuvlikka tahdid tug‘diradigan buzg‘unchi oqimga aylandi”, – dedi Turkiya prezidenti.
Uning fikriga ko‘ra, islomofobiya xuddi ISHID singari mafkuraviy fanatizmning o‘zginasi bo‘lib, jamiyatning turli qatlamlarida ildiz otishga ulgurgan. Erdog‘an islomofobiya va toqatsizlikka qarshi kurashda Turkiya faol rol o‘ynayotganini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi