Foto: TASS/Mixail Klimentev
Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon yetakchisi Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri o‘rtasidagi muzokaralar nihoyasiga yetdi, deb xabar berdi “Izvestiya”.
Xabarda aytilishicha, muzokaralar uch soat davom etdi. Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, keyinroq davlat rahbarlarining bayonoti e’lon qilinadi.
Muzokaralar davomida Putin o‘tgan bir yil ichida Tog‘li Qorabog‘da ko‘p ishlar amalga oshirilgani, ammo barcha masalalar ham hal qilinmaganini qayd etdi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi rossiyalik tinchlikparvar kuchlar javobgarligi ostidagi hududda vaziyat barqarorligini ta’kidladi.
Ammo Nikol Pashinyan Aliyevning bu fikriga qo‘shilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat 12 maydan buyon inqirozli holatda qolmoqda. Ozarboyjon qo‘shinlari Armaniston hududiga bostirib kirdi, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot berilishicha, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 15 dekabrda Bryusselda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi