Foto: RIA «Novosti».
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi prezidentlik muddatiga qayta saylanadimi yoki yo‘qmi, hozircha bir qarorga kelmaganini aytdi. Bu haqda RBK yozmoqda.
Davlat rahbari yangi muddatga saylanish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
«Konstitutsiyaga muvofiq, men yangi muddatga saylanish huquqiga egaman. Men buni qilamanmi yoki yo‘qmi, qaror qilganim yo‘q. Ammo bu huquqning mavjudligi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtiradi», — degan Putin.
Rossiya rahbari shuningdek, mamlakatning ichki muammolari va tashqi siyosat haqida ham gapirgan. Putinga ko‘ra, demografik tanglik Rossiya oldidagi asosiy xatardir. Shuningdek, Ukrainaga hujum qilinmasligini va bu haqda farazlar G‘arb siyosiy doiralarida yil boshida ham ko‘tarilganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Putin prezidentlikda 2036 yilgacha qolish huquqiga ega. U 1999 yil Boris Yelsin iste’fosidan so‘ng hokimiyatga kelgandi.
Putin amerikalik jurnalist Xedli Gembl bilan intervyusida ham bu savolga javob bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...