07:30 / 09.12.2021
2 480

Saudiya Arabistonida tuyalar botoks tufayli go‘zallik tanlovidan chetlashtirildi

Saudiya Arabistonida tuyalar botoks tufayli go‘zallik tanlovidan chetlashtirildi
Foto: «Global Look Press/An Jiang»
Saudiya Arabistoni hukumati tuyalar musobaqasi ishtirokchilariga nisbatan eng katta repressiv choralarni ko‘rdi, bunga botoks qo‘llash va hayvonlarning tana qismlarini bo‘yash sabab bo‘ldi. Bu haqda 8 dekabr kuni «Saudi Press Agency»ga tayanib AP agentligi xabar bermoqda.

Diskvalifikatsiya dekabr oyida boshlangan Qirol Abdul Aziz festivalida ishtirok etgan 40 tuyaga nisbatan qo‘llanildi. Tashkilotchilar seleksionerlarni 66 million dollarga yaqin mukofot jamg‘armasi uchun kurashga taklif qilishdi.

Musobaqa davomida tuyalarni yanada jozibali qilib ko‘rsatadigan botoks in’eksiyalari, torttirish va boshqa kosmetik o‘zgarishlar qat’iyan man etiladi. Hakamlar hay’ati g‘olibni bosh, bo‘yin, dumg‘aza shakli, kiyim-kechak va turish holatiga qarab aniqlaydi.

Huquqbuzarliklarni aniqlash uchun hakamlar maxsus ilg‘or texnologiyalardan foydalanadilar. Bu yil haqiqiy janjal ko‘tarildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘nlab seleksionerlar tuyalarning lab-burunlarini cho‘zgan, hayvonlarning mushaklarini kuchaytirish uchun gormonlar qo‘llagan, tuyalarning boshi va lablariga botoks ukol qilgan, tana a’zolarini rezina tasma bilan shishirgan, tumshug‘ini bo‘shatish uchun plomba ishlatgan.

Festivalda tuyalar poygasi, sotuvlar va boshqa tadbirlar ham mavjud. BAA ma’murlari qirollik merosi va badaviy an’analarida tuya rolini saqlab qolishmoqda.

2018 yili ham Saudiya Arabistonida har yili o‘tkaziladigan tuya festivalida xuddi shunday janjal kelib chiqqan edi. 12 ta cho‘l kemasi mukofot jamg‘armasi 57 million dollar bo‘lgan go‘zallik tanlovida ishtirok etishdan chetlashtirilgandi. O‘shanda ham botoks sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida tuyalar botoks tufayli go‘zallik tanlovidan chetlashtirildi