12:30 / 20.01.2022
3 000

Indoneziya poytaxti cho‘kib ketmoqda, qutqarishning iloji bormi?

Indoneziya poytaxti cho‘kib ketmoqda, qutqarishning iloji bormi?
17 yanvar kuni Indoneziya hukumati 2024 yilga borib mamlakat poytaxtini Jakartadan Kalimantan orolining janubi-sharqiga ko‘chirishini ma’lum qildi. Yangi poytaxt indonez tilida «arxipelag» degan ma’noni anglatuvchi Nusantara nomini oldi. Bu ishlar uchun budjetdan 32,5 milliard dollar sarflashni rejalashtirilmoqda.

Indoneziyaning yangi poytaxti sharqiy qismi Malayziya va Bruneyga tegishli bo‘lgan Kalimantan orolida bo‘ladi. Kalimantan - dunyodagi uchinchi yirik orol hisoblangan Borneoning boshqa nomi bo‘lib, 743 000 kvadrat kilometr maydonga ega.

Shtat prezidenti Joko Vidodo 2019 yilda, poytaxtni ko‘chirish rejasi taqdimotida ta’kidlaganidek, mintaqa tasodifan tanlanmagan. Kalimantanda zilzilalar, sunami, vulqon otilishi va boshqa tabiiy ofatlar nisbatan kamroq uchraydi.

Ustuvorliklar bu bilan cheklanmaydi: Jakartadan orolga ikki soatda yetib borish mumkin. Yaqin atrofda Samarinda shahri (Sharqiy Kalimantan viloyatining ma’muriy markazi) va port shahri Balikpapan joylashgan.

Strategik jihatdan ham juda qulay joy - u Indoneziyaning markazida va boshqa shaharlarga yaqin. Jakarta ma’muriy, biznes, moliyaviy va tijorat markazi bo‘lgani uchun juda katta bosim ostida qolgan.

Jakartada 10,5 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi, sun’iy yo‘ldosh shaharlarni o‘z ichiga olgan Jabodetabek hududidagi aholi soni 30 milliondan oshadi. Bu dunyodagi eng yirik aglomeratsiyalardan biridir. Oxford Economics tadqiqot instituti taxminiga ko‘ra, 2030 yilga borib u 37 million aholiga ega bo‘lgan eng gavjum shaharga aylanadi.

Jakarta ham dunyodagi eng tez cho‘kayotgan shaharlardan biri sifatida tan olingan. Mamlakat hukumati poytaxtning yangi joyga ko‘chirilishi ekologik muammoni kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Oxirgi o‘n yil ichida shaharning shimoliy qismi 2,5 metrga cho‘kib ketgan, ba’zi joylarda esa yiliga 25 santimetrgacha tezlikda suv ostida qolib ketish davom etmoqda. Bandung texnologiya universiteti tadqiqotiga ko‘ra, 2050 yilga borib poytaxt 95 foizga suv ostida qolib ketishi mumkin.

Cho‘kayotgan Jakarta: Indoneziya poytaxtini saqlab qolish mumkinmi?
Taxminlarga ko‘ra, 30 yildan keyin shahar markazi butunlay suv ostida qoladi. Uni qutqarish uchun yagona imkoniyat - «Ulkan dengiz devori»ning qurilishi.

Jakartani suv bosishining asosiy sabablari qatorida olimlar shaharning botqoqli hududda, dengizga yaqin joyda qurilgani va shahardan 13 ta daryo oqib o‘tishini keltirishadi. Ushbu bir nechta omillar tufayli Jakartada yomg‘ir paytida doimiy ravishda suv toshqinlari bo‘lib turadi.

Indoneziya hukumati, shuningdek, Jakarta joylashgan Yava orolini ham “yukini yengillatish”ga umid qilmoqda. Uber va Boston Consulting Group tadqiqotlariga ko‘ra, Jakarta haydovchilari yiliga o‘rtacha 22 kunini tirbandlikda o‘tkazadi.

Hozir Yava orolida mamlakat aholisining 60 foizi, 145 million kishi istiqomat qiladi. Shu sababli poytaxtda doimiy tirbandliklar mavjud bo‘lib, hukumat aholining bir qismini boshqa hududga ko‘chirish orqali undan xalos bo‘lmoqchi.

Shuningdek, Indoneziya hukumati mamlakatdagi ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlik darajasini pasaytirishni rejalashtirmoqda. Davlatning asosiy iqtisodiy faoliyati Jakartada to‘planganligi sababli, ishlab chiqarish kuchlarini boshqa mintaqaga o‘tkazish ish o‘rinlari yaratish va xodimlar uchun sharoitlarni yaxshilashga yordam beradi. Hukumat va ma’muriy funksiyalar Kalimantan oroliga o‘tkaziladi, ammo Jakarta mamlakatning tijorat va moliyaviy markazi bo‘lib qoladi.

Mamlakatning yangi poytaxtini shakllantirish uchun hukumat 256 ming gektar maydonni tayyorlagan. Ekologlarning ta’kidlashicha, aholining yangi hududga kelishi ifloslanishning kuchayishi, orangutanlar, malayya ayiqlari va uzun burunli maymunlar yashaydigan tropik o‘rmonlarning yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin. Indoneziya hukumati tanqidlarga javoban, yangi shahar qurilishi ekotizimga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytadi.

Yoqub Umar tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya poytaxti cho‘kib ketmoqda, qutqarishning iloji bormi?