07:00 / 28.03.2022
2 596

Uch amerikalik musulmon AQSH hukumatini sudga berdi

Uch amerikalik musulmon AQSH hukumatini sudga berdi
Uch amerikalik musulmon federal immigratsiya idoralarini sudga berib, ular diniy e’tiqodlari tufayli AQSHga har safar qaytganlarida ta’qib qilinayotgani, hibsga olingani va so‘roq qilinishini da’vo qilmoqda. AQSHning uch fuqarosi chegarachilar tomonidan doimiy ravishda ikkilamchi tekshiruvdan o‘tishlarini va ular musulmon, sunniy yoki shia ekanligi, qaysi masjidga borishlari va qanchalik tez-tez namoz o‘qishlari kabi savollarni berishlarini aytgan.

Amerika Fuqarolik Erkinliklari Uyushmasi (ACLU) Los-Anjeles okrug sudiga taqdim etgan da’voda, ularning muomalasi Konstitutsiya bo‘yicha diniy kamsitish hisoblanadi, chunki bu birinchi tuzatishning din erkinligi huquqini buzadi.

«Chegarachilar amerikalik nasroniylarni qaysi dinga mansub ekanliklari, qaysi cherkovga borishlari va qanchalik tez-tez ibodat qilishlari haqida so‘ralmasada, musulmon amerikaliklarni bu kabi savollarga alohida ajratib so‘roq qilinishi konstitutsiyaga ziddir. Da’vogarlar Amerika jamiyatida to‘liq va teng huquqli a’zolik huquqiga ega», deyiladi da’vo arizasida.

Da’vogarlardan biri, Minnesota shtatining Blumington shahridagi masjid imomi Abdurahmon Aden Kariye shunday deydi: «Qachon AQSHga uyga qaytayotsam, tashvishga tushaman».

Uni to‘xtatib, hibsga olgan paytlarida zobitlar undan qayerda islomni o‘rgangani, ibodati va diniga oid savollar bilan so‘roq qilishgani iddao qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uch amerikalik musulmon AQSH hukumatini sudga berdi