date

Boshiga chopqi kirgan erkak shifoxonada navbat kutdi (video)

Boshiga chopqi kirgan erkak shifoxonada navbat kutdi (video)
Foto: Videodan kadr

Hindistonning Mumbay shahrida yuz bergan dahshatli hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Og‘ir jarohat olganiga qaramay, jabrlanuvchi o‘zini sokin tutgani ko‘pchilikni hayratga soldi.

India Today xabariga ko‘ra, shaxsiy mojaro ortidan erkak — Rohit Pavar boshiga katta pichoq (machete) bilan zarba olgan. Zarba natijasida chopqi uning bosh suyagini teshib, taxminan to‘rt santimetr chuqurlikkacha miya qismiga kirib ketgan.

Shunga qaramay, jabrlanuvchi hushini yo‘qotmagan va mustaqil ravishda shifoxonaga yetib borgan. Eng hayratlanarlisi, u tibbiy yordam kutish jarayonida umumiy navbatda turgan va hatto telefonidan foydalanib o‘tirgan.

Voqea 1 mayga o‘tar kechasi Manxurd tumanida sodir bo‘lgan. Jarohatning og‘irligiga qaramay, erkakning hayotiy faolligi shifokorlarni ham hayratda qoldirgan.

Sion shifoxonasi jarrohlari tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiya davomida chopqi ehtiyotkorlik bilan olib tashlangan. Hozirda bemorning ahvoli barqaror ekani, uning hayoti xavfdan holi etilgani ma’lum qilindi

Oradan bir kun o‘tib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning barchasi voyaga yetmagan bo‘lib, maxsus tarbiya muassasasiga yuborilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Kasalxonada olingan va jabrlanuvchining boshida chopqi bilan bemalol telefon ishlatayotgani aks etgan video internetda tezda tarqalib, keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Ushbu holat inson organizmining chidamliligi va favqulodda vaziyatlarda ruhiy barqarorlik qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Boshiga chopqi kirgan erkak shifoxonada navbat kutdi (video)