Boshiga chopqi kirib ketgan erkak shifoxonada navbat kutib turdi

Mumbay shahrida shifokorlar boshiga machete — katta chopqi pichoq kirib ketgan erkakning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda India Today xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hujum vaqtida machete jabrlanuvchi Rohit Pavarning bosh suyagini teshib o‘tib, taxminan to‘rt santimetrgacha miya qismiga kirib borgan.
Shunga qaramasdan, erkak hodisadan keyin mustaqil ravishda shifoxonaga yetib kelgan. Qizig‘i shundaki, u tibbiy yordam kutayotgan paytda oddiy navbatda turgan va xotirjam holda telefondan foydalanib o‘tirgan.
Hodisa 1 mayga o‘tar kechasi Manxurd tumanida shaxsiy janjal ortidan sodir bo‘lgan. Sion shifoxonasi jarrohlari o‘tkazgan operatsiya orqali machete muvaffaqiyatli olib tashlangan. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Oradan bir kun o‘tgach, politsiya uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ma’lum qilinishicha, ularning barchasi voyaga yetmaganlar bo‘lib, maxsus tarbiya muassasasiga jo‘natilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Kasalxonada tasvirga olingan va Rohit Pavar boshida machete bilan telefonda gaplashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichida keng tarqaldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!