Tramp Moskvaga delegatsiya yuborishga tayyorligini bildirdi

1 daqiqa o'qish260
Tramp Moskvaga delegatsiya yuborishga tayyorligini bildirdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish maqsadida Moskvaga amerikalik vakillarni yuborishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Trampdan Rossiyaga muzokarachilar yuborish ehtimoli haqida so‘ralganda, u: “Agar bu natija berishiga ishonsam, albatta buni qilaman”, deya javob bergan. U, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tezroq yakunlash tarafdori ekanini ta’kidlagan.

Sulh va asirlar almashinuvi tashabbusi

Mazkur bayonot Rossiya tomonining ayrim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani fonida yangradi. Xususan, Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 9–11 may kunlari o‘t ochishni to‘xtatish hamda “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirish g‘oyasiga ijobiy munosabat bildirilganini tasdiqlagan.

Avvalroq Tramp har ikki tomonga murojaat qilib, aynan shu sanalarda vaqtinchalik sulh e’lon qilish va asirlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif etgan edi. U bu muddatni Rossiyada nishonlanadigan G‘alaba kuni bilan bog‘lagan.

Moskva muzokaralarga ochiq

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Moskva Ukraina bo‘yicha muzokaralardan voz kechmayotganini, amaliy natija beradigan har qanday tashabbusga tayyor ekanini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ushbu jarayonda ishtirok etayotgan AQSH vakillari boshqa mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan ham shug‘ullanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?