date

Ronaldu CR7 yozuvli qimmat avtomobil xarid qildi

Ronaldu CR7 yozuvli qimmat avtomobil xarid qildi
Foto: Yandex

Krishtianu Ronaldu yana bir bor hashamatli turmush tarzi bilan futbol va sport olamining diqqat markaziga tushdi. “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi yulduzi qiymati taxminan 1,32 million dollar bo‘lgan o‘ta eksklyuziv avtomobilni xarid qildi. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noyob transport vositasi mashhur “Refined Marques” kompaniyasi tomonidan maxsus tarzda qayta jihozlangan. Asosiy e’tiborni tortadigan jihati shundaki, avtomobil juda cheklangan seriyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha atigi 20 dona mavjud xolos.

Ronaldu tanlagan model esa oddiy versiyalardan keskin farq qiladi. U “Al-Nasr” klubining ramziy sariq va ko‘k ranglarida bezatilgan bo‘lib, avtomobilning eshik qismiga “CR7” brendi yozuvi ham maxsus tarzda tushirilgan. Bu esa futbolchining shaxsiy uslubi va brendini yana bir bor ta’kidlaydi.

Foto: The Touchline

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 41 yoshli hujumchi joriy mavsumda ham yuqori sport formasini saqlab qolib, Saudiya Pro-ligasida 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ronaldu nafaqat futbol maydonida, balki maydondan tashqaridagi hayot tarzi, hashamatli xaridlari va eksklyuziv tanlovlari bilan ham muxlislar va ommaviy axborot vositalari e’tiborini jalb qilib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu CR7 yozuvli qimmat avtomobil xarid qildi