Qozog‘istonda o‘g‘il bolalarga qaysi ismlar ko‘proq qo‘yilmoqda?

Qozog‘istonda Muhammad ismi eng ommabop erkaklar ismiga aylandi. Bu haqda Birinchi Kredit Byurosi tarqatgan yangi statistik ma’lumotlarda qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil davomida mamlakatda 172,5 ming nafar o‘g‘il bola tug‘ilgan. Eng ko‘p tanlangan ismlar qatoriga Muhammad, Alixon, Oysulton, Umar va Aldiyar kirgan.
Shuningdek, statistikada oila qurish yoshi bo‘yicha ham ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko‘ra, Qozog‘istonda erkaklar o‘rtacha 27,9 yoshda, ayollar esa 25,3 yoshda turmush qurayotgani aytilmoqda.
2026 yil boshiga kelib mamlakatda 10 million nafar erkak yashagani ma’lum qilingan. Bu ayollarga nisbatan taxminan 450 ming nafarga kam hisoblanadi. Mutaxassislar qayd etishicha, so‘nggi yillarda erkaklar ulushi asta-sekin oshib, aholining qariyb 49 foiziga yetgan.
Statistikada mehnat bozoriga oid ma’lumotlar ham keltirilgan. Qayd etilishicha, erkaklar xavfli va og‘ir mehnat talab qiladigan sohalarda ko‘proq faoliyat yuritmoqda. Xususan, 83 mingdan ortiq erkak og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!