date

Uli Xyones: Barselonaga qarshi o‘yin Bavariya tarixidagi eng katta sharmandalik edi

Uli Xyones: Barselonaga qarshi o‘yin Bavariya tarixidagi eng katta sharmandalik edi

Bavariya faxriy prezidenti Uli Xyones 2009-yilgi Chempionlar ligasi chorak finalida Barselonaga qarshi kechgan o‘yinni hamon og‘riq bilan eslaydi. FAZ nashriga bergan intervyusida 74 yoshli funksioner so‘nggi 25 yil ichida biror o‘yinni intiqlik bilan kutmaganmi degan savolga javob berar ekan, aynan kataloniyaliklarga qarshi javob uchrashuvini istisno sifatida keltirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kamp Nou stadionida o‘tgan dastlabki bahsda Pep Gvardiola shogirdlari Bavariyani sharmanda qilgandi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq Lionel Messi (dubl), Samuel Eto'o va Tyerri Anri hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirishdi. O‘sha vaqtda zaxira o‘rindig‘ida Yurgen Klinsmann yonida o‘tirgan Xyones o‘yinning tugashini soatiga qarab intizorlik bilan kutganini tan oldi.

Uli Xyonesning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha oqshom Barselona futbolchilari Bavariyaga nisbatan rahm-shafqat ko‘rsatishgan. Uning fikricha, kataloniyaliklar tanaffusda o‘zaro kelishib, ikkinchi bo‘limda biroz sustroq harakat qilishga qaror qilishgan. Bu mag‘lubiyat Bavariya uchun o‘sha davrdagi eng og‘ir zarba bo‘lib qoldi.

Myunxendagi javob uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo‘lsa-da, bu natija Bavariyani mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklardan qutqarib qola olmadi. Natijada Yurgen Klinsmann iste'foga chiqarilib, uning o‘rnini vaqtincha Yupp Xaynkes egalladi, keyinchalik esa jamoani Lui van Gal boshqardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Uli Xyones: Barselonaga qarshi o‘yin Bavariya tarixidagi eng katta sharmandalik edi