Aberdin universiteti olimlari kuniga ikki litr suv iste’mol qilish ko‘pincha odamlarning ehtiyojlaridan oshib ketishini aniqladilar.
Kundalik suv iste’molining taxminan yarmi oziq-ovqat tarkibida ekanini hisobga olsak, inson organizmi uchun kuniga 1,5 dan 1,8 litrgacha suv kerak.
Suvga bo‘lgan ehtiyojni oldingi tadqiqotlarda kichik hajmdagi so‘rovlardan foydalanib belgilashgan.
Aberdin universiteti professori Jon Spikman BBC radiosiga bergan intervyusida shunday deydi: “Kuniga ikki litrlik me’yor kichik hisob-kitobdan kelib chiqqan. Biz ichishimiz kerak bo‘lgan suvni organizmga kerak bo‘lgan suvning umumiy miqdorini oziq-ovqatdan oladigan miqdor bilan qo‘shib hisoblash kerak. Dastlabki tadqiqotlarda odamlardan qancha ovqat iste’mol qilishlarini so‘rashgan. Odamlar iste’mol qiladigan oziq-ovqat miqdorini kam ko‘rsatgani sababli, noto‘g‘ri hisobot kelib chiqqan va shuning uchun kerakli suv miqdori ortiqcha belgilangan”.
Ammo endi butun dunyo olimlari barqaror izotoplar usuli yordamida suvning aniq aylanishini o‘lchash uchun hamkorlik qilmoqdalar.
Ular 23 mamlakatda sakkiz kunlik chaqaloqdan 96 yoshgacha bo‘lgan 5604 kishini o‘rganishdi. Tadqiqotlar bir stakan suv ichgan odamlarni qamrab oldi, unda ba’zi vodorod molekulalari deyteriy deb nomlangan elementning barqaror izotopi bilan almashtirildi. Bu tabiiy ravishda inson tanasida mavjud va mutlaqo zararsizdir.
Ortiqcha deyteriyni yo‘q qilish tezligi tanadagi suv aylanishi qanchalik tez sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Suv aylanishi yuqori bo‘lgan odamlar odatda ko‘proq suv ichishlari kerak.
Ovqat va suv
Ammo suvning aylanishi ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojga to‘liq mos kelmaydi, degan professor Spikman.
"Agar 20 yoshli erkak kuniga 4,2 litr suv aylansa ham, u har kuni 4,2 litr suv ichishi shart emas. Ushbu qiymatning taxminan 15% yer usti suv almashinuvini va metabolizm natijasida hosil bo‘lgan suvni aks ettiradi. Aslida zarur bo‘lgan suv iste’moli kuniga taxminan 3,6 litrni tashkil qiladi.
Ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlarida suv ham bo‘lganligi sababli, suvning katta miqdori faqat oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, barchamiz sakkiz stakan suv ichishimiz kerak degan keng tarqalgan tadqiqot, aksariyat hollarda ko‘pchilik odamlar uchun juda yuqori bo‘lishi mumkin va bu ma’lumotlar suv iste’mol qilish bo‘yicha "universal siyosat" ni qo‘llab-quvvatlamaydi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot kelajakdagi suvga bo‘lgan ehtiyojni bashorat qilishda katta qadamdir. Ammo juda ko‘p suv ichishning salbiy oqibatlari ham mavjud.
– Toza ichimlik suvi tekin emas, – deb mulohazalarini bildiradi professor Spikman. – Agar odamlar o‘rtacha yarim litrdan ko‘proq ichishsa va siz buni buyuk Britaniyadagi 40 million yoshi kattalarga ko‘paytirsangiz, demak, biz 20 million litr suvni behuda sarflaymiz. Buning uchun pul to‘lash kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi