09:00 / 19.10.2023
313

Nima uchun kecha damlangan choyni bugun ichib bo‘lmaydi?

Nima uchun kecha damlangan choyni bugun ichib bo‘lmaydi?

Foto: Marie Claire
Bugungi kunda har qanday o‘zbek xonadonini choysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Garchi u chet mamlakatlarda ham sevib iste’mol qilinsa-da, muntazam ichiladigan ichimliklar sirasiga kirmaydi. Shuningdek, o‘zbek xalqi xitoy millatidan farqli o‘laroq mazkur ichimlik uchun alohida marosimlar tashkil etmagan. Xitoyliklar choy ichish uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi va 15 daqiqa avval damlangan choyni ichmaslikni to‘g‘ri deb biladi.

Xitoylik olimlarning ta’kidlashicha, choy tayyorlangandan so‘ng 15 daqiqa o‘tgach, uning tarkibida zaharli moddalar paydo bo‘ladi va buni ichish mutlaqo mumkin emas. Ushbu moddalar organizmga kirib, har bir a’zoni shikastlashi ham mumkin.

Jigarga zarba

Choy harorati soviy boshlagach, uning yuzasidagi dog‘ni payqash mumkin. Buning sababi haqida olimlar hanuzgacha bir qarorga kelmagan. Inglizlar esa buni kimyoviy reaksiya deb hisoblashadi. AQSH olimlari bunga efir moyini sabab deb biladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham magniy, temir va kalsiyni tashkil etadigan oqsil molekulalari, azotli asoslar ovqat hazm qilish traktiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ular ichak devorlarini o‘rab oladi va ozuqa moddalarining singishining oldini oladi. Bunday holda jigar katta zo‘riqish bilan ishlaydi.

Gastritga yo‘l

Xuddi shu dog‘lar tarkibidagi organik birikmalar havo bilan reaksiyaga kirishib, patogen mikroflora uchun ideal muhitga aylanadi. Va bir kundan so‘ng mog‘orlash holati yuz beradi. Xitoyda esa bunday holat “ilon zahari” deb nomlanadi va hattoki dushmanga ham ravo ko‘rilmaydi. Albatta, kechagi choyni ichib hech kim birdan o‘lib qolmaydi. Ammo organizm patogen mikroflorani e’tiborsiz qoldirmaydi. U bilan kurashish uchun energiya va resurslarni sarflashni boshlaydi. Natijada allergik reaksiyalar, oshqozon yarasi yuzaga kelishi mumkin.

Yuqori qon bosim

Choyni ortiqcha iste’mol qilmaslikning yana bir sababi kofeindir. Choy damlanganda barglar suvga efir moyi, vitamin va foydali moddalarni beradi. Agar choy uzoq vaqt davomida qoldirilsa, jarayon ham davom etadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan efir moylari va choy polifenollari oksidlanib, aminokislotalar va vitaminlar parchalanadi. Shu bilan birga, choy qancha ko‘p ichilsa, shuncha kofein organizmga kirib boradi. Uzoq saqlangan choy esa kofeinning ta’siri tufayli yurak urishini tezlashtiradi va qon bosimini ko‘taradi.

Metallar

Bir necha yillar avval amerikalik olimlar ayrim choylar tarkibida qo‘rg‘oshin borligini aniqlagan. Shu bilan birga, ichimlik tarkibidagi metall miqdori damlanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lib, choy qancha vaqt uzoq tursa, shuncha ko‘p og‘ir metallarni o‘z ichiga oladi. Olimlar jiddiy oqibatlarga olib kelmaslik uchun choyni ekologik jihatdan eng kam ifloslangan hududlardan tanlashni taklif qiladi.

Qizilo‘ngach saratoni

Xitoy, yapon va hind millatlarida choy damlashning o‘ziga xosliklari bor. Ular hech qachon qaynoq suvdan foydalanmaydi. Qora choy uchun ideal harorat 90-95 daraja, ko‘k uchun 70-80 daraja hisoblanadi. Agar suv yuqori haroratda bo‘lsa, barglardagi foydali moddalardan tashqari efir moylari ham yo‘q qilinadi. Shuningdek, ichimlikning o‘ziga xos ta’mi uchun ular mas’uldir. Onkologlar esa juda issiq choy ichishni tavsiya etmaydi. Qaynoq suv qizilo‘ngachni qoplagan hujayralarni ichkarida yo‘q qiladi, natijada saraton kasalligi vujudga kelishi mumkin.

Buyraklarda tosh

Chikago universiteti olimlari issiq havoda muzli choy ichishni o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, sovitilgan ichimlikda ko‘p miqdordagi oksalat hosil bo‘ladi. U oksalat kislota tuzlari va efirlar birikmasidan hosil bo‘ladi. Ular ichimlikning issiqligida mavjud bo‘lib, sovigandan so‘ng esa buyrakda tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun kecha damlangan choyni bugun ichib bo‘lmaydi?