Har yili eng zararli oziq-ovqat mahsulotlarining minglab ro‘yxatlari ishlab chiqiladi, ularning barini taomnomadan chiqarib tashlash tavsiyasi etiladi. Shu o‘rinda bir muhim jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak: har qanday ishda me’yor muhim. Hatto foydali ozuqa iste’moli belgilangan me’yordan ortib ketsa ham zararga xizmat qilishi, monodiyetalar esa oshqozon tizimini ishdan chiqarishi mumkin. Quyida foydali elementlarga boy, ammo har kuni iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan oziq-ovqatlar ro‘yxati bilan tanishamiz.
Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub sabzavotlar
Foto: Marie Claire
Antioksidant va vitaminlarga boy bo‘lgan gulkaram, brokkoli, Bryussel karami singari sabzavotlar ratsiondan o‘rin olishi kerakligiga shubha yo‘q, ammo haddan ortiq iste’mol qilish gipotireoz — qalqonsimon bez gormonlarining kamayib ketishiga sabab bo‘lishini yodda saqlash lozim. Agar siz har kuni karam yeyishga odatlangan bo‘lsangiz, unda tovada bir oz qovuring yoki boshqa mahsulotlar bilan birga taom tayyorlang.
Tunes balig‘i
Foto: Marie Claire
Oqsilga boy tunes balig‘i tarkibida simob mavjudligi uchun me’yoridan ortiq iste’mol qilish ushbu moddaning organizmda to‘planishiga olib keladi. Simob ayniqsa bolalar, homilador ayollarga yomon ta’sir qilishi, kattalarda yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli ham mutaxassislar ushbu baliq mahsulotining yengilroq variantini tanlash hamda haftada bir martadan ko‘p iste’mol qilmaslikni tavsiya etadi.
Mevali smuzi
Foto: Marie Claire
Mevalardan tayyorlanadigan smuzi salomatlikka foydali albatta, ammo tarkibida oqsil yoki sabzavotlar bo‘lmasa, bu shunchaki fruktozali ichimlik hisoblanadi. Mevali smuzi ichish orqali uzoq vaqt davomida to‘qlikni his qilib bo‘lmaydi. Qolaversa, qondagi qand miqdorining oshishi, keyin uning keskin pasayishi va ochlik hissining paydo bo‘lish ehtimoli ko‘proq. Agar mazali va tetiklashtiradigan smuzidan voz kecha olmasangiz, uni sabzavotlisiga almashtirish tavsiya qilinadi.
Quritilgan mevalar
Foto: Marie Claire
Quritilgan mevalar iste’molidan keyin kishi energiyaga to‘ladi. Parhez tutayotganda shirinlik o‘rniga quritilgan meva iste’mol qilish yaxshi yechim albatta, biroq ular shakar miqdori juda ko‘p mahsulotlardan hisoblanadi. Masalan, 100 gramm o‘rik qoqisida 51 gramm shakar mavjud. Shu tufayli parhez davomida har kuni quritilgan meva yeyish tavsiya etilmaydi.
Vazn tashlamoqchi bo‘lganlar ushbu mahsulotdan tiyilishi, haftada ikki marta oz-ozdan iste’mol qilishi mumkin.
Myusli va boshoqli o‘simliklar
Foto: Marie Claire
Ushbu mahsulotlar ham shakarning koni ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. Donlar yorma holiga kelgunicha avvalgidek foydali mahsulot bo‘lmaydi, natijada siz qayta ishlangan, foydasiz uglevodlarni iste’mol qilasiz.
Konservalangan pomidor va tomat pastasi
Foto: Marie Claire
Konservalangan mahsulotlarning asosiy muammosi shundaki, ularning bankasida sintetik estrogen bisfenol-A bo‘lgan smola qoldiqlari bo‘lishi mumkin. Olimlar smolaning reproduktiv tizim va yurak kasalliklari, qandli diabet va vazn to‘plashga olib kelishi mumkinligini aniqlagan. Tomatning kislotasi yuqori bo‘lgani uchun undan taom tayyorlashda foydalanish ovqat tarkibida bisfenol paydo bo‘lishiga olib keladi.
Guruchli krekerlar va quritilgan qarsildoq non (xlebsi)
Foto: Marie Claire
Kun davomida ochlik hissini tuygan taqdiringizda bir necha o‘ram kreker va quritilgan qarsildoq non iste’mol qilish foydali tamaddining o‘rnini bosa olmaydi. Ushbu mahsulotlarda hech qanday vitamin va minerallar mavjud emas. Krekerlar tozalangan uglevod, tuz va ifor taratuvchi moddalar bilan boyitilgan yegulikdir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi