
Dunyodagi eng yirik kriptoaktiv bo‘lgan Bitcoinning narxi 83,400 AQSH dollariga (taxminan 1,054,610,000 so‘mga)cha pasaydi. Bu, AQSH import bojlarini e'lon qilib, global iqtisodiyot inqiroz yoqasiga kelgan aprel oyidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘tgan yili Donald Tramp AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng kriptoaktivning narxi keskin ko‘tarila boshlagan edi. Keyinchalik, narx o‘tgan oyda 124,000 AQSH dollariga (taxminan 1,570,600,000 so‘mga)cha o‘sdi.
Biroq, ayni paytda bitta Bitcoinning narxi 84,000 AQSH dollari (taxminan 1,062,600,000 so‘m) atrofida bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.