date

O‘zbekistonda piyodalar uchun avtomobilsiz hududlar kengaymoqda

O‘zbekistonda piyodalar uchun avtomobilsiz hududlar kengaymoqda

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan mamlakat bo‘ylab sayyohlar va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida “avtomobildan xoli hududlar” tashkil etilmoqda. Ushbu hududlarda erkin piyoda yurish va xavfsiz dam olish imkoniyati yaratiladi.

Bunday hududlar Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Samarqand kabi shaharlardagi tarixiy va turistik markazlarda joriy etildi. Jumladan, Registon maydoni, Shohi Zinda yo‘lagi, Konigil turizm qishlog‘i va boshqa ob’ektlar avtomobilsiz zonaga aylantirildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Toshkent shahri va viloyatlari, Navoiy, Surxondaryo va Xorazmda ham maxsus ko‘chalar va sayr yo‘laklari transport harakatidan holi etildi. Avtomobillar kirishini taqiqlovchi belgilar o‘rnatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda piyodalar uchun avtomobilsiz hududlar kengaymoqda