19:54 / 16.10.2024
55

Organizmdagi kollagen miqdorini oshirishning 4 ta tabiiy usuli

Organizmdagi kollagen miqdorini oshirishning 4 ta tabiiy usuli
Kollagen yoshlik va go‘zallikning qo‘riqchisidir. Quyida ushbu muhim moddaning teridagi miqdorini ko‘paytirishning tabiiy usullari bilan bo‘lishamiz.

Kollagen o‘zi nima?

Foto: Marie Claire
Kollagen inson tanasida eng ko‘p tarqalgan oqsillardan biri bo‘lib, u organizmni yaxlit butun shaklda bog‘lab turuvchi, biriktiruvchi to‘qimalarning asosi hisoblanadi. Kollagenning nomi grekcha “kolla”— yelim so‘zidan olingan. Pay, tog‘ay, tomirlar, yosh suyak to‘qimalari, mushaklar, teri — bularning barisining tuzilishi uchun ko‘p jihatdan ana shu oqsil javob beradi. Masalan, terida kollagenning miqdori 70 foizga yetadi, u terining silliqligi, taranglik va egiluvchanligini ta’minlaydi.

Yosh o‘tgani sayin terida kollagen ishlab chiqarish asta-sekin kamayadi. Tanadagi kollagenning parchalanish va sintez qilish jarayoni uzluksiz davom etadi. Taxminan 40-45 yilga kelib uning ishlab chiqarilishi deyarli ikki baravarga kamayadi. Aynan shu yoshda insonlarda qarishning aniq belgilarini sezila boshlaydi.

Foto: Marie Claire
Albatta, kollagen sintezi jarayonini qayta boshlashga imkon beruvchi ko‘plab kosmetik usullar mavjud. Masalan, kollagen stimulyatorlari yoki gialuron kislotasini ineksiya qilish, biorevitalizatsiya, shuningdek, terining lazer bilan yangilanishi, fokuslangan ultratovush kabi apparat usullari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, kollagen sintezi jarayoni organizm ichkarisidan tiklanishi kerak, chunki kosmetologiya faqat tashqi transformatsiyani beradi. Keyinchalik keng qamrovli natijaga erishish uchun bir necha usullarni sinab ko‘rish kerak bo‘ladi.

Ovqatlanish tartibiga rioya etish

Foto: Marie Claire
Kundalik taomnomada terining yangilanishiga yordam beradigan mahsulotlarga ustunlik berilishi lozim: bularga sitrus mevalari, salatlar, rezavorlar kiradi, chunki ular tarkibida antioksidant ta’sirga ega C vitamini mavjud.

Hayvonlarning kollagenini o‘z ichiga olgan mahsulotlarni iste’mol qilish ham mumkin. Bular suyak bulyonlari, omega 3 moddasiga boy dengiz mahsulotlari, tuxum sarig‘i, qovoq urug‘lari kabilar kiradi. Kollagenning kunlik normasini olish uchun kuniga 1-2 ta tuxum iste’mol qilish kifoya.

Vitamin komplekslari va biologik faol qo‘shimchalar qabul qilish

Foto: Marie Claire
Barcha foydali moddalar organizmga oziq-ovqat bilan kiradi. Ularning yetishmovchiligi bilan esa maxsus qo‘shimcha vitaminlar bilan to‘ldirish mumkin. Masalan, omega 3 vitamini, soch, teri va tirnoqlar uchun vitamin komplekslari, tabletka shaklidagi kollagen preparatlari mavjud.

E’tibor bering, ushbu preparatlardagi kollagenning ishlab chiqarilishi har xil (baliq, hayvon yoki o‘simliklardan) bo‘lishi mumkin. Tarkibiga qarab, kollagenning narxi va organizmga ta’siri o‘zgaradi. Albatta, teri va sochni yaxshilash bir kechada sodir bo‘lmasligini yodda tutish kerak.

SPF kremlardan foydalanish

Foto: Marie Claire
Quyosh nurlari ayniqsa yozda faol bo‘ladi, ular gialuron kislotasining tuzilishini o‘zgartiradi Gilauronning vazifasi kollagen va elastin hujayralarini bog‘lashdir. Natijada quyoshga faol ta’sir qilgandan so‘ng terining suvsizlanishi (gialuron kislotasini yo‘qotish) va ajinlar paydo bo‘lishiga (kollagen va elastinni yo‘qotish) duch kelish mumkin.

Sport va uqalash

Faol turmush tarzi terisining tarkibiga ham ijobiy ta’sir qiladi: sport tufayli teri silliqlashadi va selyullit yo‘qoladi. Shuningdek, qo‘lda yoki apparatda uqalash qon aylanishini yaxshilaydi, hujayrali nafas olishni rag‘batlantiradi va epidermisning yuqori qatlamini tozalashga yordam beradi, bu esa kollagen hosil bo‘lishini kuchaytiradi.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmdagi kollagen miqdorini oshirishning 4 ta tabiiy usuli