Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar va energiya hosil bo‘ladi. Shuning uchun inson organizmi doimiy ravishda energiya va hayotiylikni qo‘llab-quvvatlaydigan ozuqa moddalariga muhtoj. Moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirish uchun nafaqat yomon odatlardan xalos bo‘lish, balki yangi va to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga o‘tish muhimdir. Quyida mutaxassislar metabolizmni jiddiy buzadigan va ortiqcha vaznni yo‘qotish jarayonini sekinlashtiradigan odatlarni sanab o‘tadi.
Qanday odatlar metabolizm jarayoniga salbiy ta’sir qiladi?
Foto: Shutterstock
Nonushtani o‘tkazib yuborish
Diyetologlarning barchasi bir ovozdan ta’kidlaydi: nonushtadan voz kechish metabolizm uchun eng zararli odatlardan biridir. Ertalabki taom kunning qolgan qismida metabolizm qanday ishlashini belgilab beradi. Agar nonushta qilinmasa, tana energiya tejash rejimiga o‘tadi, bu moddalar almashinuvining sekinlashishiga olib keladi.
Tunda tamaddi qilish
Inson organizmi tunda dam olishga moslashgan, qo‘shimcha gazaklar bu vaqtda organizm ortiqcha ishlashiga majbur qiladi. Bunday holatning tez-tez takrorlanishi uyquning sirkad ritmlarini buzadi va metabolizm tezligiga salbiy ta’sir qiladi. Mutaxassislar kechki ovqatni uxlashdan 3-4 soat avval yeyishni tavsiya qiladi.
Oqsillar yetishmasligi
Tarkibida oqsil miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik metabolizm tezligiga javob beruvchi mushaklar massasini kamaytiradi. Shu sababli parhezshunoslar har bir taomga sifatli oqsilga boy mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi.
Sifatli oqsillar quyidagi mahsulotlarda mavjud:
- Go‘sht mahsulotlari: tovuq, kurka, yog‘siz mol go‘shti;
- Baliq va dengiz mahsulotlari: tunes, losos, qisqichbaqalar;
- Sut mahsulotlari: grek yogurti, tvorogning yumshoq va qattiq turlari;
- O‘simliklar: yasmiq, loviya, no‘xat, kinoa, yong‘oq.
Foto: Shutterstock
Ortiqcha shakar
Shakar va oddiy uglevodlarni me’yordan ortiq iste’mol qilganda insulin darajasi oshadi, bu esa vaqt o‘tishi bilan moddalar almashinuvini sekinlashtiradigan insulinga rezistentlik holatini keltirib chiqaradi.
Tartibsiz ovqatlanish
Ovqatlanish orasidagi 4-5 soatdan ortiq doimiy tanaffuslar tanani zaxirada yog‘ to‘plashga majbur qiladi. Parhezshunoslar har 3-4 soatda, oz-ozdan ovqatlanishni tavsiya qiladi.
Yetarlicha suyuqlik ichmaslik
Organizm suvsizlanishi barcha metabolik jarayonlarni sezilarli darajada sekinlashtiradi.
Doim bir xil taom yeyish
Uzoq muddat faqat ma’lum bir mahsulotni iste’mol qilish metabolizm normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim ozuqa moddalarining yetishmasligiga olib keladi.
Juda past kaloriyali diyetalar
Tanani murakkab va holdan toydiradigan parhezlar bilan qiynash metabolizm uchun xavflidir. Ortiqcha vaznni yo‘qotish tartibli va bosqichma-bosqich bo‘lishi lozim.
Metabolizmni qanday tezlashtirish mumkin?
- kunni bir stakan iliq suv va foydali nonushta bilan boshlash;
- to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilish;
- oqsillar miqdorini oshirish;
- yetarli miqdorda suv ichish;
- muntazam ravishda jismonan faol bo‘lish. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nyu-York shahri oldida jiddiy xavf paydo bo‘ldi
Kimni qisqartirsam ekan? (hajviya)
Muvaffaqiyatning siri nimada?
Mevali daraxtlarni qanday kesish kerak?
Sirtmoq domiga tushgan Yusufbek hoji
Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi
Farg‘onada mebel sexining binosi xatlandi
Qirg‘iziston kriptovalyutani qonuniylashtirmoqchi